Internetda firibgarlardan o‘zingizni qanday himoya qilasiz?
Bitim shartlarini muhokama qilish jarayonida sotuvchi oldindan to‘lov qilishni so‘rayaptimi? Bunday qilmang, mahsulot va xizmatlar uchun to‘lovni faqat tekshiruvdan so‘ng amalga oshiring.
Shubhali havolalarni ochmang
Hatto havola birinchi qarashda xavfsiz ko‘rinsa ham, agar shubhali saytga kirib qolgan bo‘lsangiz, uni zudlik bilan yoping.
Shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor etmang
Hech qachon va hech qanday vaziyatda shaxsiy ma’lumotlaringizni — telefon raqamingiz, bank kartangiz, pasportingiz va boshqa ma’lumotlarni xavfsiz bo‘lmagan joylarga kiritmang.
SMS kodlarni hech kimga aytmang
Agar sizga biron-bir bahona bilan qo‘ng‘iroq qilishsa yoki SMSdagi kodni ochib aytib berishingizni so‘rab xabar yuborishsa, bunday qilmang va darhol suhbatni tugatib qo‘ying.
Texnologiyadan foydalanishni unutmang
Smartfoningizdagi telefon suhbatlarini yozib olish va ikki bosqichli autentifikatsiya funksiyasini yoqing.
Firibgarlik haqida jim turmang
Shubhali e’lonlar haqida darhol BirBir qo‘llab-quvvatlash xizmatiga va huquq-tartibot idoralariga xabar bering, ayniqsa firibgarlar o‘z maqsadlariga erishgan holatlarda.